10/02/2023

Dastlabki  ma’lumotlarga ko‘ra,  2023– yilning 1– yanvar holatiga viloyatimizda boqilayotgan yirik shoxli qora mollarning umumiy bosh soni 961,7 mingtaga yetdi.

2022– yilning  mos davri bilan solishtirilganda,  ushbu ko‘rsatkich 13,6 mingtaga (1,4 %) ko‘paydi.

Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami yirik shoxli qoramollarning 91,3 %  dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.

 

Axborot xizmati