09/02/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatimizda 2023- yilning 1- yanvar holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 324 kishi to‘g‘ri kelgan.

2022- yilning 1- yanvar davrida bu ko‘rsatkich 1 kv.km.ga 318 kishini tashkil qilgan.

Aholi zichliginig eng yuqori ko‘rsatkichi Urganch shahrida 5175 kishi, Xiva shahrida 2845 kishi, Urganch tumanida 469 kishi, Hazorasp tumanida 451 kishi, Xonqa tumanida 450 kishini tashkil etgan.

Eng past ko‘rsatkich Tuproqqal’a  tumanida qayd etilib, 1 kv.km. yer maydoniga 36 kishidan to‘g‘ri kelgan.

 

    Axborot xizmati