08/02/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga  Shovot tumanining doimiy  aholisi soni  177 151 kishini tashkil qilgan.

 2022- yilning 1- yanvariga nisbatan aholi soni 1,6 %ga o‘sgan.

 Tuman  doimiy aholisi tarkibida ayollar –  88 668 kishini, erkaklar – 88 483 kishini tashkil qilgan.

 2023- yilning 1- yanvar holatiga tuman aholisining zichligi 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 389 kishidan to‘g‘ri  kelgan

 

 

Axborot xizmati