08/02/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar- dekabr oylarida viloyatimizda jami 44,9 mingta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 23,1 promilleni tashkil etdi.

Hududlar kesimida qayd etilgan tug‘ilishlar soni:

Hazorasp tumani – 5 160 ta,

Urganch shahri – 4 444 ta,

Xonqa tumani – 4 384 ta,

Urganch tumani – 4 229 ta,

Bog‘ot tumani – 4 083 ta,

Qo‘shko‘pir tumani – 4 021 ta,

Shovot tumani – 3 907 ta,

Gurlan tumani – 3 400 ta.

Xiva tumani – 3 231 ta,

Yangiariq tumani – 2 554 ta,

Xiva shahri – 2 285 ta,

Yangibozor tumani – 1 914 ta,

Tuproqqal’a – 1 292 ta.

 

Axborot xizmati