01/02/2023

Aholini eng birinchi rasmiy ro‘yxatga olish 1790- yilda AQSHda, keyinchalik 1800 yilda Shvetsiya va Finlyandiyada, 1801- yilda Angliya, Daniya, Norvegiya va Fransiyada o‘tkazilgan.

 Ushbu aholini ro‘yxatga olishlar juda oddiy shaklda va uzoq muddatda o‘tkazilgan. Masalan, AQSHda aholini ro‘yxatga olish ishlari 18 oy davomida olib borilgan.

 2021- yilning noyabr oyida mamlakatimizda ilk bor Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlari o‘tkazildi.



Matbuot xizmati