27/01/2023

Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida xorijdan qiymati 199 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 2,9 mln dona mobil telefon import qilingan.

 O‘zbekistonga mobil telefonlar importi 2021- yilning mos davriga nisbatan 73,8 mingtaga kamaygan.

 O‘zbekiston 2022- yil mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 2,2 mln. dona

— BAA – 247,5 ming dona

— Vetnam – 217,9 ming dona

— Hindiston – 185,5 ming dona

Matbuot xizmati