26/01/2023

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilda xorijdan qiymati 69,8 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 2 180 dona elektromobil import qilgan.

 Elektromobillar importi 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1371 taga oshgan.

 O‘zbekiston 2022- yilda eng ko‘p elektromobil import qilingan davlatlar:

— Xitoy – 1 941 dona

— BAA – 111 dona

— Germaniya – 58 dona

— Gonkong – 42 dona

— Litva – 10 dona

— Koreya – 7 dona

— Boshqa davlatlar – 11 dona



Matbuot xizmati