24/01/2023

Uy xo'jaliklarida olib borilayotgan navbatdagi tanlanma kuzatuvi joriy yilning 24- yanvar kuni Urganch shahrining "Olimpiya" mahallasidagi Baxtiyor Erjonovning xonadonida o'tkazildi.
Unda Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o'rinbosari U.Bardiyev va Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo’limi yetakchi mutaxassisi D.Tajimovalar qatnashdilar. Kuzatuv jarayonida uy xo‘jaligini batafsil o'rganish bo'yicha mavjud so‘rovnoma asosida respondent bilan suhbat o‘tkazildi.

Aytish lozimki, uy xo’jaliklarida o’tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o’rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.

 



Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech