13/01/2023

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan taqdim etiladigan 2022- yil yakunlari bo‘yicha “1- kb” yillik statistika hisobotini topshiruvchi kichik tadbirkorlik subyektlari (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan on-line muloqotlar tashkil etilmoqda.

 Ushbu on-line muloqotlarda “1- kb” shakli hisobotining har bir bo‘limi va undagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha savollaringizga atroflicha javob beriladi.

 On-line muloqotlar “STATISTIKA” telegram kanalida (havola https://t.me/statistika_rasmiy) 2023- yilning 16- yanvaridan 27- fevral kuniga qadar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 15:00 dan 18:00 ga qadar doimiy tarzda tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, kichik korxona va mikrofirmalar uchun “1- kb” yillik statistika hisobotini topshirish muddati 2023- yilning 27- fevral sanasida yakunlanadi.

On-line muloqotlarda faol ishtirok eting!

 

  Matbuot xizmati