09/01/2023

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i v.b.  A. O'tamuratov Gurlan tumanidagi “Gulshan” MFYda uy xo‘jaliklari  tanlama kuzatuvini o‘tkazish jarayonida ishtirok etdi.

Ijtimoiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan mazkur kuzatuvlar uy xo‘jaliklari turmush tarzi darajasini tahlil qilish uchun doimiy va ishonchli ma’lumotlar manbasi bo‘lib xizmat qiladi.

✅ Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, uy xo‘jaliklarida tanlama kuzatuv o‘tkazish uslubiyati Jahon Banki va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining tavsiyalariga asoslangan holda Davlat statistika organlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

 

Axborot xtzmati