09/01/2023

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida 16 ta davlatga qiymati 33,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 135,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

 Qovun va tarvuz eksporti hajmi 2021- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 53,8 ming tonnaga ko‘paygan.

 O‘zbekiston 2022-  yilning 11 oyida eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilingan davlatlar:

— Qozog‘iston – 58,2 ming tonna

— Rossiya – 28,1 ming tonna

— Qirg‘iz R. – 27,2 ming tonna

— Tojikiston – 14,5 ming tonna

— Latviya – 2,8 ming tonna

— Belarus – 2,4 ming tonna

— Germaniya – 868 tonna

— Polsha – 684 tonna


Matbuot xizmati