09/01/2023

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 12 ta xorijiy davlatdan qiymati 11,4 mln  AQSH dollariga teng boʻlgan 45,6 ming tonna mandarin import qilgan.

Mandarin importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 16,4 ming tonnaga oshgan.

Oʻzbekiston 11 oyda mandarin mahsulotini eng koʻp import qilgan davlatlar:

Pokiston – 36,7 ming tonna
Turkiya – 3,6 ming tonna
Xitoy – 3,2 ming tonna
Eron – 503 tonna
Misr – 442,2 tonna

  Matbuot xizmati