07/01/2023

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “Statistika” integrallashgan axborot tizimi (SIAT) yaratildi hamda uning negizida siat.stat.uz  O‘zbekiston Respublikasi statistika portali ishga tushirildi.

Portal rasmiy statistika ma’lumotlar yagona bazasini shakllantiradi, ma’lum bir davr bo‘yicha ma’lumotlarni elektron formatlarda olish imkoniyatini yaratadi.

SIAT - rasmiy statistikani e’lon qilish va ularni foydalanuvchilar tomonidan qidirib topish vaqti 5-10 barobarga, alohida so‘rovlar asosidagi integratsiya qilish vaqti esa 10 kundan 1 kungacha qisqartirildi va bu esa, o‘z o‘rnida xalqaro tashkilotlar, jumladan, Open Data Watch tashkiloti ekspertlari tomonidan ijobiy baholandi.

 

 Matbuot xizmati