06/01/2023

2023- yilning 6- yanvar kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari mas’ullari uchun seminar tashkil etildi.

Seminar davomida boshqarmaning Ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi boshlig‘i K.Atayeva va bosh mutaxassis D.Otaxanovalar statistika idoralariga maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan joriy yilning 30- yanvar sanasiga qadar taqdim qilinishi belgilangan 1-maktabgacha taʻlim hamda  15- fevralgacha topshiriladigan 1-notijorat yillik statistik hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘liq topshirish bilan bog‘liq  tushuncha va yo‘l-yo‘riqlarni batafsil tushuntirdilar.

Masofaviy (onlayn) tarzda oʻtkazilgan seminarda hisobot topshirish uchun maʼsul mansabdor shaxs (mudir va hisobchi)larga oldingi yillarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish va ularga qayta yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ham tavsiyalar berildi.

 

 

Axborot xizmati