06/01/2023

2022- yil yanvar-noyabr oylarida viloyatimizda aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi o‘rtacha 5 983,3 ming  so‘mni (2021- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan 10,0 %ga oshgan) tashkil qilgan.

Ushbu ko‘rsatkich hududlar kesimida solishtirilganda, aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasida yuqori hajmlar Urganch shahri (29 481,9 ming so‘m),  Gurlan (5 892,9 ming so‘m) va Hazorasp  (5 799,1 ming so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Viloyat bo‘yicha quyi hajm Xiva (1954,5 ming so‘m), Qo‘shko‘pir (2728,4 ming so‘m) va Yangibozor (2941,0 ming so‘m) tumanlarida qayd etilgan.

 

Axborot xizmati