16/08/2022

       Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 19- apreldagi “O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 197- son qaroriga asosan ayni  kunlarda Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

    Mazkur sinov jarayonlarida maxsus tayyorlangan registratorlar uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning amalda mavjudligini joylarga chiqqan holda xatlovdan o‘tkazishmoqda.

      Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i v.b. A. O‘tamuratov va mutaxassislardan iborat ishchi guruhi  Samarqand viloyatining Jomboy  tumanidagi sinov tadbirida tajriba oshirish maqsadida ishtirok etmoqdalar.  Shuningdek, bevosita hududlarga chiqqan holda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini tashkil qilish jarayoni bilan yaqindan tanishmoqdalar.

 Axborot xizmati