20/04/2022

2021- yilda Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalarining 11-sinfni jami 25,6 ming nafar o‘quvchi tamomlagan.

Bitiruvchilarning eng yuqori ko‘rsatkichi qayd etilgan hududlar:

  • Urganch shahri- 2,8 ming nafar,
  • Qo‘shko‘pir tumani – 2,6 ming,
  • Xonqa tumani – 2,6 ming,
  • Hazorasp tumani – 2,5 ming.

 Shu davrda  viloyatdagi umumta’lim muassasalarining 9-sinfini 29,9 ming bitiruvchi tamomlagan.

Eng ko‘p bitiruvchi soni Urganch shahri (3,6 ming nafar o‘quvchi), Hazorasp tumani (2,8 ming), Xonqa tumani (2,8 ming), Bog‘ot tumani (2,7 ming) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati