10/03/2022

2022- yilning 1- fevral holatiga viloyatda faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 22 152 taga yetgan.

 2021- yilning shu davriga nisbatan ularning soni 2 866 taga ko‘paygan.

 Joriy yilning yanvar oyida  289 ta yangi tijorat korxonasi tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ularning soni 128 taga kamaygani kuzatilgan.

 Eng ko‘p tijorat korxonasi faoliyat ko‘rsatayotgan hududlar:

Urganch shahri – 4 613 ta,

Urganch tumani – 2 564 ta,

Xiva shahri – 1 949 ta,

Xonqa tumani – 1 736 ta,

Qo‘shko‘pir tumani – 1 694 ta.

 

Axborot xizmati