09/03/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilda O‘zbekistonga 63 ta davlatdan qiymati qariyb 1,6 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan farmatsevtika mahsulotlari import qilingan.

 Farmatsevtika mahsulotlari importi hajmi 2020- yil bilan solishtirilganda 437 mln. AQSh dollariga oshgan.

  2021- yilda O‘zbekiston eng ko‘p farmatsevtika mahsulotlarini import qilgan davlatlar:

➖ Hindiston – 300,8 mln

➖ Xitoy – 290,6 mln

➖ Rossiya – 145 mln

➖ Ukraina – 86 mln

➖ Germaniya – 78 mln

➖ Vengriya – 74 mln

➖ Latviya – 68,5 mln

➖ Turkiya – 66 mln AQSh dollari

 

 

Matbuot xizmati