Xorazm viloyati statistika boshqarmasida 8- mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma rahbariyati jamoada faoliyat ko‘rsatib kelayotgan xodimalarni bahoriy ayyom bilan qutlab, ularning samarali mehnatlarini e’tirof etishdi va sovg‘alar topshirishdi.