03/03/2022

Urganch tumanida 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida asosiy kapitalga kiritilgan jami investitsiyalar hisobidan umumiy maydoni 71,9 ming kv.metr (2020- yilning shu davriga nisbatan 113,0 %) bo‘lgan uy-joy foydalanishga topshirilgan. Shundan yakka tartibdagi uy-joylarning maydoni 69,1 ming kv.metrni (111,1 %) tashkil qilgan.

Ma’lumot uchun: 2021- yilda viloyatda  maydoni 1 020,8 ming kv.m. ga teng bo‘lgan turar joylar ishga tushirilgan. Turar joy qurilishiga o‘zlashtirilgan investitsiyalar 1 165,9 mlrd. so‘mni yoki jami investitsiyalardagi ulushi 13,6 % ni tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati