03/03/2022

Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilda Qo‘shko‘pir tumanida ishlab chiqarilgan qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 1 768,3 mlrd.so‘mni tashkil qilgan.

2020- yilga nisbatan sohada 5,9 % o‘sish qayd etilgan.

Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining  54,0 % ini chorvachilik mahsulotlari, 46,0 % ini dehqonchilik mahsulotlari tashkil etgan.

2021- yilning yanvar-dekabr oylari yakunlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir tumanida boqilayotgan qo‘y va echkilar bosh soni  90,1 mingtaga teng bo‘lib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha tuman  viloyatda peshqadamlik qilgan.

                                                                                   Axborot xizmati