01/03/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning fevral oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 % ga qimmatlashdi.

Yillik o‘sishda iste’mol narxlari indeksining o‘sish darajasi 9,7 % ga yetdi.

2022- yilning fevral oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 0,6 foizga oshdi.

Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari va aholiga pullik xizmatlar 0,5 foizga oshdi.                                                                          

Matbuot xizmati