24/02/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar oyida xorijdan qiymati 14,9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 129 766 dona mobil telefon import qilgan.

Telefon importi 2021- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 33 552 donaga oshgan.

O‘zbekiston 8 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.

O‘zbekiston yanvar oyida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

 — Xitoy – 87 383 dona

— Vetnam – 30 114 dona

 — Hindiston – 4 280 dona

— BAA – 4 667 dona

— Qozog‘iston – 3 307 dona

 

Matbuot xizmati