30/11/2021

Korrupsiya –  har qanday davlat va jamiyatning taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan illat sanaladi. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi, statistika tizimida korrupsiyaviy omillarni kamaytirish, ish faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yilning 26- noyabr kuni viloyat statistika boshqarmasida tashkil etilgan umumiy aynan shu mavzuga bag‘ishlandi. Yig‘ilishda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar) statistika bo‘limi boshliqlari (onlayn) ishtirok etdilar. Hududiy boshqarma boshlig‘i v.b. X.Egamov vebinar avvalida barcha sohalarda bo‘lgani kabi, statistika idoralarida korrupsiya holatlarining oldini olish ishning samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi yuzasidan fikrlarini bildirib o‘tdi. Jumladan, davlat statistika hisobotlarining E-stat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qabul qilinishining yo‘lga qo‘yilishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarning oldini olish hamda davlat statistika hisobotlarini to‘liq va o‘z vaqtida qabul qilib olinishini ta’minlash maqsadida joriy etilganini, bu o‘z navbatida statistik ma’lumotlarining sifati va ishonchliligini ta’minlashga qaratilgan ta’kidladi.

Shuningdek, boshqarma yuristi I.Otajonov O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 3- yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonuni hamda Prezidentning “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamotchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF–6257-sonli Farmoni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5177-sonli Qarori va Davlat dasturida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash masalalari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

 

                                                                 Axborot xizmati