30/11/2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaroriga muvofiq, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm  viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi belgilangan edi.

Shu yilning 1–25- noyabr kunlari belgilangan Xiva shahrida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari keng ko‘lamda o‘tkazildi.

Ayni paytda ro‘yxatga oluvchilar tomonidan uyma-uy yurib to‘ldirilgan savolnoma shakllarini shahar aholini ro‘yxatga olish bo‘limlariga topshirish jarayoni ketmoqda.

Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari A. Rahimov, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mas’ullari jarayonning borishini nazorat qilib bormoqdalar.

                                                                 Axborot xizmati