29/10/2021

Bugun, 29- oktabr kuni viloyat statistika boshqarmasida  statistika tizimida uzoq yillar faoliyat ko‘rsatgan xodimlarni  mehnat nafaqasiga kuzatish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni hududiy boshqarma boshlig‘i v.b. X.Egamov ochib berib, tizimda ko‘p yillar samarali mehnat qilgan  va obro‘ qozongan Xiva tumani statistika bo‘limi boshlig‘i Sh.Bobojonov hamda Xiva shahar statistika bo‘limi  etakchi mutaxassisi B.Polvonovlarni qutlug‘ 60 yoshi bilan jamoa nomidan tabrikladi. Ularning mehnat faoliyati davomida statistika sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof qilinib,  yoshlarni o‘zlaridek malakali kadr bo‘lib etishishidagi xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirildi.

Tadbir so‘nggida  Sh.Bobojonov va B.Polvonovlar hududiy boshqarma kasaba uyushmasi qo‘mitasining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

                                                 Axborot xizmati