13/07/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning  yanvar-may oylarida viloyatda bajarilgan 1 251,2 mlrd.so‘mlik qurilish ishlari hajmida norasmiy sektorning ulushi 28,6 % ni tashkil qilib, umumiy qurilish hajmi 357,4 mlrd.so‘mga teng bo‘lgan.

Hisobot davrida norasmiy sektor tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmida 2020-  yilning mos davriga nisbatan 104,2 % o‘sish sur’ati kuzatilgan. Shuningdek, 2021- yilning o‘tgan davrida norasmiy sektorning yangi qurilish va rekonstruksiya ishlaridagi ulushi  33,8 % ni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmi 317,8 mlrd.so‘mni tashkil qilgan.

 

                                                                     Axborot xizmati