18/06/2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 14-  iyundagi “ 2021-2022-  yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida “ gi 369- sonli qaroriga ko‘ra , 1-  iyuldan boshlab, Urganch – Xiva yo‘li bo‘yidagi yer uchastkalari auksionga qo‘yiladi.

Tanlov g‘oliblari 50-200 o‘ringa mo‘ljallangan mehmonxona qurishi shart bo‘ladi. Shunga mos ravishda ularga 0,06 – 0,5 gektar yer ajratiladi.

Ajratilayotgan yer uchastkalari YUNESKO himoyasida bo‘lmasligi va tashkilot komissiyasi tomonidan ma’qullanishi lozim.

Xiva va Urganch shaharlari o‘rtasida mehmonxonalar, savdo-ko‘ngilochar majmualardan iborat transport yo‘laklari barpo etiladi va 1- noyabrgacha ishga tushiriladi.