17/06/2021

Mamlakatimizda shu yilning 5- aprel sanasidan boshlab multiindikator klaster (MICS) kuzatuvlari o‘tkazila boshlangani haqida xabar berilgan edi.

MICS kuzatuvlari — aholining yashash sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar to‘g‘risida onalari yoki vasiylaridan olingan aniq ma’lumotlarni, aholi turmush darajasi, yashash joyi va jinsi bo‘yicha to‘plangan barcha ma’lumotlarni mamlakatlar miqiyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi. 

Bugun, 17-  iyundan e’tiboran mazkur kuzatuvlar viloyatning Xiva shahridagi “Qiyot” mahalla fuqarolar yig‘inida boshlandi.  Kuzatuvlarga jalb qilingan viloyat statistika boshqarmasining ishchi guruhi mutaxassislari mahallalardan tanlanma kuzatuvga tushgan uy xo‘jaliklarida so‘rovnomalar asosida o‘rganish ishlarini olib boradilar.

 

                                                                       Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech