28/05/2024

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari X.Egamov Shovot tumanidagi “Qo‘shko‘pir” mahallasidan tanlanma kuzatuvga tushgan M. Sobirov xonadonida uy xo‘jaliklari kuzatuvini o‘tkazish jarayonida ishtirok etdi.


So‘rovnoma shaklida o‘tkazilgan o‘rganish ishlari davomida respondentdan olingan ma’lumotlarni boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi Sh.Xudayberganov qayd etib bordi.
Ijtimoiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan mazkur kuzatuvlar uy xo‘jaliklari turmush tarzi darajasini tahlil qilish uchun doimiy va ishonchli ma’lumotlar manbasi bo‘lib xizmat qiladi.



Axborot xizmati