13/04/2024

Respublikamizda “Xon atlas” haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan milliy festivalda Xorazm viloyati statistika boshqarmasining xotin-qizlari ham faol ishtirok etishdi. Boshqarmada bo‘lib o‘tgan tadbir “Milliy libos – millat ko‘rki, millat iftixori!” mavzusida tashkil etildi. 

Atlas va adras kabi ko‘zni quvnatadigan, yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydigan milliy matolarimiz ayollarimizga yanada chiroy va go‘zallik baxsh etsa, shu kabi festivallar yoshlarda milliy qadriyatlarimizga ehtirom tuyg‘usini shakllantirishi bilan ham ahamiyatlidir.