19/02/2024

2023- yilning 12 oyida Yangiariq tumanida faoliyat yuritayotgan 207 ta sanoat korxonasi tomonidan 603,2 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Sanoat ishlab chiqarishning faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida eng yuqori ulush elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgan va 55,8 %ni yoki 336,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, to‘qimachilik (31,5 %) va oziq-ovqat mahsulotlari (8,5 %) ishlab chiqarish sohalarining salmog‘i yuqori bo‘lgan.

Tumanda sanoat ishlab chiqarishining 77,7 %i yirik korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati