15/01/2024

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida Gurlan tumanining eksport hajmi 23,1 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 3,2 marta oshgan.

Eksportning 7,3 mln dollari MDH davlatlari, 15,8 mln dollari boshqa xorijiy davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Jami  hajmda oziq-ovqat tovarlarining ulushi 72,2 %ni tashkil etib, xorijiy davlatlarga qiymati 16,7 mln dollarlik  mahsulot eksport qilingan.

Shuningdek, eksport tarkibida yuqori ulush har xil tayyor mahsulotlar  (14,0 %) va sanoat tovarlari (9,4 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati