07/12/2023

2023- yil yanvar-oktabr oylarida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 108,5 mln AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi.

Bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 57,7 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 42,2 % ni tashkil etdi.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Pokiston (58,6 %), Rossiya (29,1 %), Qozog‘iston (9,1 %) hamda Afg’oniston (1,5 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati