30/11/2023

Bugun 30- noyabr kuni avtomobil transportida aholiga yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tadbirkorlar faoliyatining tanlanma kuzatuvi  tashkil etildi.


Urganch shahrida o‘tkazilgan o‘rganish davomida shu turdagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarga tegishli shaxsiy avtotransport turlari, ularning yuk sig‘imi, bir kunda o‘rtacha tashilgan yuk hajmi, tashish uzoqligi, bir kunlik tushum, bir oydagi ishlangan ish kunlari soni yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazildi.
Kuzatuv jarayonida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev ishtirok etdi.



Axborot xizmati