24/11/2023

Xorazm viloyatining barcha shahar va tumanlarida bo‘lgani kabi Yangibozor tumanida ham aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik qizg‘in olib borilmoqda.

Ish jarayoni bevosita mahallalar kesimida tashkil etilib, bevosita joyiga chiqqan holda, uy-joylarning joylashuvi, raqamlanganligi, ko‘cha nomlari belgilarining o‘rnatilganligi monitoring qilindi.

Xususan, tuman statistika bo‘limi boshlig‘i B.Artiqboyev shu yilning 23- noyabr kuni “Bog‘olon” mahallasida bo‘lib,  uy-joylarni raqamlashtirish va ko‘cha nomlari belgilarini qo‘yilishi bo‘yicha bajarilgan ishlarni qayta o‘rgandi hamda rejada qilinishi zarur bo‘lgan vazifalarni mahalla faollari bilan  kelishib oldi.

 


Axborot xizmati