23/11/2023

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Xorazm viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi 9 509,9 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning  oktabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 105,1 %ga yetdi.

Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 560,2 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 90,2 %), kichik biznes va xususiy 

tadbirkorlik subyektlarining  tovar aylanmasi 8 949,7 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 106,2 %),  shundan, uyushmagan  savdo tovar aylanmasi 1 863,0 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 101,6 %) tashkil etdi.

 

Axborot xizmati