16/11/2023

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Hazorasp tumanida asosiy kapitalga jami investitsiyalarning 86,6 %iga teng bo‘lgan 344,4 mlrd so‘mlik markazlashmagan investitsiyalar  o‘zlashtirilgan.

Markazlashmagan investitsiyalar tarkibida eng yuqori hajm aholi mablag‘lari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 162,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, umumiy hajmda korxonalarning o‘z mablag‘lari 155,4 mlrd so‘mni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar – 20,4 mlrd so‘mni, bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari – 6,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.

 

Axborot xizmati