15/11/2023

 Qo‘shko‘pir tumanida joriy yilning yanvar-sentabr oylarida umumiy hajmi 458,4 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish 9,2 %ni tashkil qilgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra xizmatlar tarkibida savdo xizmatlari yuqori ulushga ega bo‘lgan va 136,9 mlrd so‘mni yoki 29,9 %ni tashkil etgan.

2023- yilning 1- oktabr holatiga tumanda savdo sohasida 673 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.

 

Axborot xizmati