14/11/2023

2023- yilning 14- noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev Xiva shahridagi “Qiyot” mahallasi Afsona ko‘chasi 10-xonadonda  uy xo‘jaliklari kuzatuvini o‘tkazish jarayonida ishtirok etdi. So‘rovnoma shaklida o‘tkazilgan o‘rganish ishlari davomida xonadon egasi, respondent A. Masharipovadan olingan ma’lumotlar boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi   Sh.Xudoyberganov tomonidan qayd etib borildi.

Ijtimoiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan mazkur kuzatuvlar uy xo‘jaliklari turmush tarzi darajasini tahlil qilish uchun doimiy va ishonchli ma’lumotlar manbasi bo‘lib xizmat qiladi.




Axborot xizmati