09/11/2023

Joriy yilning 1- noyabr sanasidan e’tiboran viloyatimizning barcha hududlarida statistika idoralari mutaxassislari tomonidan foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning 4-TJ (turar joy) navbatdagi tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilmoqda.
Tanlanma kuzatuvidan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir.

 


O‘z navbatida ushbu kuzatuv natijalari asosida haqqoniy statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.
Ayni kuzatuvlarda  Statistika agentligi Investitsiya va qurilish statistikasi boshqarmasining Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar kiritish bo`yicha tizimli statistik kuzatuvlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari X.Ahmedov va viloyat statistika boshqarmasi tarmoq bo‘limi boshlig‘i R.Otajonovlardan iborat ishchi guruhi ishtirok etmoqda.



 Axborot xizmati