08/11/2023

Xiva tumanida 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida 16,5 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.

Bu viloyat bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichdir.

2022- yilning 9 oyi bilan taqqoslaganda, tumanda  meva va rezavorlar yetishtirish hajmi 174,0 tonnaga ko‘paygan.

Tumanda yetishtirilgan ushbu mahsulot turining  23,8 % fermer xo‘jaliklari, 76,1 %  shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari, 0,1 % qishloq xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati