07/11/2023

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Hazorasp tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 860,4 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 %ga oshgan.

Viloyat chakana savdo hajmida hududning ulushi 10,5 %ni tashkil etgan.

Savdo hajmining 77,4 %i (666,1 mlrd so‘mi) kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Joriy yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra tumanda 1 970 ta kichik korxona va mikrofirma chakana savdo sohasida faoliyat yuritgan.

 

Axborot xizmati