06/11/2023

Shu yilning 3- noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Yangi Konstitutsiyasining qabul qilinishi bilan unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar tafsilotiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Tadbirda boshqarmaning bosh yuriskonsult I.Otajonov ma’ruza bilan chiqish qilib, Konstitutsiya va qonunlarning davlatchiligimizdagi o‘rni, Asosiy Qonunga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar xususida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Seminarda boshqarmaning tarmoq va hududlardagi statistika bo‘limi boshliqlari (onlayn formatda) ishtirok etdilar.



Axborot xizmati