01/11/2023

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning oktabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1 % ga oshgan.



2023- yilning oktabr oyida istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,3 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 1 % ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,7 % ga oshgani kuzatilgan.

Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 9 % ga etdi.

Yil boshidan buyon iste’mol sektoridagi narxlar indeksi o‘rtacha 6,2 % ga o‘sgan.

 

Matbuot xizmati