16/10/2023

Bog‘ot tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi joriy yilning yanvar-avgust oylarida 22,9 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

Umumiy hajmning 71,1 %i yoki 16,3 mln dollari tovar va xizmatlar eksporti hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hisobot davrida Bog‘ot tumani xorijga 15,1 mln dollarlik tovar va 1,1 mln dollarlik xizmatlar eksportini amalga oshirgan.

Eksportda yuqori ulushga ega tovarlar:

sanoat tovarlari – 7,2 mln dollar

oziq-ovqat mahsulotlari – 6,6 mln dollar

har xil tayyor mahsulotlar – 0,9 mln dollar.

 

Axborot xizmati