11/10/2023

Joriy yilning 10- oktabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A. O'tamuratov  Xiva shahridagi "Qiyot" mahallasida, boshliq o‘rinbosari U.Bardiyev Urganch tumanining "Orzu" mahallasida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvini o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etdilar.

So‘rovnoma shaklida o‘tkazilgan o‘rganish ishlari davomida respondentdan olingan ma’lumotlarni boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassislari  tomonidan qayd etib borildi.
  Ijtimoiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan mazkur kuzatuvlar uy xo‘jaliklari  turmush tarzi holatini tahlil qilish uchun doimiy va ishonchli ma’lumotlar manbasi bo‘lib xizmat qiladi.



Axborot xizmati