29/09/2023

  Joriy yilning 28- sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajanov tomonidan Urganch shahridagi “Xorazm holidays” xususiy korxonasida huquqiy targ‘ibot doirasida navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.


  Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi ( 2021- yil 11- avgust, O‘RQ-707-sonli) Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023- yil uchun Statistika dasturini tasdiqlashga doir 2023- yil 27- fevraldagi 80-sonli qarorining mazmun mohiyati, statistik ma’lumotlarni olish va ulardan foydalanish, tadbirkorlik subyektlari tomonidan statistik hisobotlarni topshirish tartibi va talablari xususida korxona xodimlariga tushuntirishlar berildi.



Axborot xizmati