29/09/2023

Bugun, 29- sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri doirasida sentabr oyida hukumat tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023- yilning 5- sentabrida qabul qilingan 450-sonli “Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, uning maqsad va vazifalari xususida batafsil ma’lumot berdi.

 


Axborot xizmati